Oʻzbekistonning Finlyandiya va Shvetsiya bilan hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Suhbat chogʻida Oʻzbekistonning Finlyandiya va Shvetsiya bilan doʻstona munosabatlarini yanada rivojlantirish, parlamentlararo hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, taʼlim va kadrlar tayyorlash, raqamli texnologiyalar, ekologiya va suv resurslarini boshqarish sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish, tahlil markazlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda “Markaziy Osiyo — Shimoliy Yevropa” formatidagi muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlik guruhlari va parlament qoʻmitalari oʻrtasida muntazam muloqotni faollashtirish, parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha tajriba almashish, shuningdek, Parlamentlararo ittifoq va YXHT Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.