Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi

Bugun, 10-sentyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.

Unda Senat, Hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTubeʼdagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.