Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, kasbiy salohiyati va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari xususida soʻz yuritildi. Yoshlarning davlat boshqaruvi va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi.
Muloqot jarayonida ishtirokchilar Oliy Majlis Senatining faoliyati, qonun ijodkorligi va parlament nazorati mexanizmlari, shuningdek, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi oldida turgan ustuvor vazifalar bilan tanishdi.
Shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, xavf-xatarlarning oldini olish hamda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Bundan tashqari, Yoshlar parlamenti aʼzolari tomonidan yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etishi, ularning taklif va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyatlari xususida fikrlar bildirildi.