Suhbat chogʻida Oʻzbekistonning “BMT-ayollar” tuzilmasi bilan hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
“BMT-ayollar” tuzilmasining Oʻzbekistonda ofisi ochilishi mamlakatda gender tenglikni taʼminlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqan muhim qadam sifatida qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuvda 2026-yil aprel oyida “BMT-ayollar”, UNFPA va UNICEF ishtirokida boshlangan va xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qoʻshma dastur doirasidagi hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Xususan, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning raqamli bozorlar, “yashil” ish oʻrinlari va barqaror sanoat tarmoqlarida ishtirokini taʼminlash ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilangani, 2028-yilda Oʻzbekistonda navbatdagi forumni oʻtkazishda “BMT-ayollar” tuzilmasining koʻmagi muhimligi taʼkidlandi.
BMT Xotin-qizlar maqomi boʻyicha komissiyasining 70-sessiyasi doirasidagi hamkorlik, shuningdek, 2026-yil may oyida Buxoro shahrida oʻtkazilgan II Osiyo xotin-qizlari forumi yakunlari va uning doirasidagi tashabbuslarni ilgari surish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti doirasidagi hamkorlik, xususan, “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” global kun tartibini ilgari surish boʻyicha mintaqaviy konferensiya oʻtkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonning Gender profilini tayyorlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur hujjatda mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalarni keng aks ettirish muhimligi qayd etildi.