11
11

Buxoro tumanida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Davlatimiz rahbari Buxoroda turizm xizmatlari va sayyohlar uçun yangi yönalişlarni köpaytiriş masalasiga töxtaldi. Joriy yilda viloyatga 3,5 million xorijlik sayyoh kelişi kutilmoqda. Kelgusida ularning sonini ikki baravar oşiriş maqsad qilingan.

Eski şahar, Yetti pir, Çor Bakr, Poykent, Varaxşa va Vardonze kabi tarixiy majmualarni yagona turizm konsepsiyasi asosida boğlaş közda tutilgan.

Buxoro şahridagi Gulçorboğ mahallasida 50 gektar maydonda 80 million dollarlik turizm markazi taşkil etiladi. Unda körgazmalar zali, amfiteatr va mehmonxonalar joylaşadi.

Jalol Ikromiy mahallasida esa xalqaro tadbirlarga möljallangan 60 million dollarlik kongress-xoll qurilmoqda. Kongress-xoll yonida “Hilton” va “Holiday Inn” brendlari ostida ikkita yetti qavatli mehmonxona barpo etilmoqda.

Bundan taşqari, sakkizta markaziy köça milliy va zamonaviy meʼmoriy yeçimlar asosida yangilanib, oltita xiyobon bunyod etiladi.

Viloyat markazini kengaytiriş doirasida Buxoro tumanidagi 1 ming gektar maydonda 500 million dollarlik turizm klasterini barpo etiş rejalaştirilgan. Uning hisobiga sayyohlarning Buxoroda qoliş muddatini örtaça 4-5 kungaça uzaytiriş mumkin.