Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyorat qilindi

Tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qurʼon oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo oʻqildi.

Majmua islom olamining ulugʻ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan boʻlib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va soʻfiylik tarixi muzeyini oʻz ichiga oladi.