Dunyoning yetakçi olimlari, tibbiyot sohasi mutaxassislari va xalqaro ekspertlar iştirok etgan konferensiyada tibbiy taʼlim, fan va amaliyot integratsiyasini çuqurlaştiriş, innovatsion texnologiyalar, jumladan, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda senator mamlakatimizda oliy tibbiy taʼlimni rivojlantiriş, malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlaş va sohada xususiy sektor iştirokini kengaytiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida töxtaldi.
Şuningdek, Central Asian University misolida mamlakatimizda xususiy oliy tibbiy taʼlim rivojlanayotgani, universitetda zamonaviy taʼlim va tibbiy amaliyot uçun zarur şaroitlar yaratilgani hamda xalqaro hamkorlik izçil kengayib borayotgani taʼkidlandi.
Konferensiya doirasida dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan kelgan talabalar iştirokida “Kelajak tibbiyoti” xalqaro olimpiadasi ham ötkazildi. Mazkur tanlov yoşlarning kasbiy salohiyatini namoyon etiş, bilim va tajriba almaşiş hamda xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaş uçun muhim maydon böldi.
Tadbirda universitetni rivojlantiriş rejalari, jumladan, 500 mingdan ortiq aholiga bepul tibbiy xizmat körsatiş imkonini beruvçi ijtimoiy klinika taşkil etiş taşabbusi alohida eʼtiborga molik ekani taʼkidlandi.