2025-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 32 ta davlatdan qiymati 66,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 19,1 ming tonna shokolad mahsulotlari import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
11 oyida Oʻzbekistonga eng koʻp shokolad mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar quyidagicha:
- Rossiya – 14 ming tonna;
- Niderlandiya – 1,4 ming tonna;
- Ukraina – 839,1 tonna;
- Qozogʻiston – 583,5 tonna;
- Turkmaniston – 463,1 tonna;
- Fransiya – 399,2 tonna;
- Boshqa davlatlar – 1,4 ming tonna.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 ming tonnaga yoki 19,9 foizga kamaygan.