2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 9,7 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Turistlar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Qirgʻiz Respublikasi – 2,8 million nafar;
- Qozogʻiston – 2,3 million nafar;
- Tojikiston – 2,2 million nafar;
- Rossiya – 851,9 ming nafar;
- Afgʻoniston – 388,2 ming nafar;
- Turkmaniston – 308,9 ming nafar;
- Xitoy – 217,7 ming nafar;
- Turkiya – 148,1 ming nafar;
- Hindiston – 66,1 ming nafar;
- Koreya Respublikasi – 41,6 ming nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 million nafarga yoki 50 foizga oshgan.
Maʼlumot uchun, 2024-yilning shu davrida ushbu koʻrsatkich qariyb 6,5 million nafarni tashkil etgan.