Bugun, 2026-yil 19-may kuni, Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Yalpi majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.
Majlisda koʻrib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube'dagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.