Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yigʻilishi doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari boʻyicha fikr almashildi.

“Tinchlik va barqarorlikni taʼminlash manfaatlari yoʻlida mintaqadagi ziddiyatni muloqot va diplomatiya orqali hal etishga boʻlgan umumiy sadoqatimizni tasdiqladik. Shuningdek, joriy yil yanvar oyida Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida boʻlib oʻtgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining 4-yigʻilishida erishilgan barcha kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishga qatʼiy tayyorligimizni bildirdik”, — deyiladi xabarda.