11
11

Baxtiyor Saidov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi.

"Tor va keng doirada boʻlib oʻtgan muloqotlarimiz davomida hamkasblarimiz bilan xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdik", — deydi Saidov.

Shuningdek, yigʻilish davomida MDH Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishiga tayyorgarlik masalalari batafsil muhokama qilindi. Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, samarali transport va logistika zanjirlarini shakllantirish, gumanitar va yoshlar almashinuvlarini faollashtirish, raqamli hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi birgalikda kurashish boʻyicha qator tashabbus va takliflar ham ilgari surildi.