Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Syuy Dunyuy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
"Mamlakatimiz BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan keng koʻlamli hamkorlik dasturiga ega. Bu yaqin va ishonchli munosabatlar barcha ustuvor yoʻnalishlarda izchil rivojlanib, yuqori surʼatlarni namoyon etmoqda", — deydi Saidov.
Muloqot davomida FAO bilan oʻzaro hamkorlik yildan yilga yangi mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi. Shuningdek, Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.