11
11

Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida Artemida bitimlari imzolandi

Bugun, 19-oktyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandda Oʻzbekiston–AQSH kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi.

Ikki tomonlama muzokaralardan soʻng Oy, Mars, kometalar va asteroidlardan tinchlik maqsadlarida foydalanish hamda ularni tadqiq etish boʻyicha hamkorlik tamoyillarini belgilovchi Artemida bitimlari imzolangan.

Mazkur hujjat Oʻzbekistonning NASA va boshqa ishtirokchi davlatlar kosmik agentliklari bilan hamkorligini kengaytirish, milliy kadrlarni tayyorlash hamda kosmik texnologiyalar transferi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston Artemida bitimlarini imzolagan 77-davlat boʻldi.