Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Daniya oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy Majlis Senati va Daniya Folketingi (parlamenti) oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish, oʻzaro tashriflar va muloqotlarni muntazam davom ettirishga kelishib olindi.
Shuningdek, ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Xususan, oʻzaro savdo hajmini oshirish, Daniya kompaniyalarini Oʻzbekistondagi loyihalarga jalb etish, energetika, kommunal infratuzilma, suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va kasbiy taʼlim sohalarida qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish muhimligini taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi.