Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ayshe Berris Ekinji xonimni qabul qildi.
“Bugun ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida boʻlib oʻtgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi natijalarini olqishladik. Oʻzbekiston va Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanayotganini qayd etdik”, — deydi Saidov.
Shuningdek, uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, boʻlajak tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.