Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildirdi.
“Barcha tomonlarni vazminlikka daʼvat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan koʻrib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli keskinlashuvga sabab boʻladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz”, — deyiladi TIV bayonotida.
Mazkur bayonotda vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va oʻzaro maqbul muloqot yoʻli bilan hal etish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildirdi.
“Barcha tomonlarni vazminlikka daʼvat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan koʻrib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli keskinlashuvga sabab boʻladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz”, — deyiladi TIV bayonotida.
Mazkur bayonotda vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va oʻzaro maqbul muloqot yoʻli bilan hal etish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori va vaziyatning eng tez fursatlarda normallashuvidan umidvor ekani qoʻshimcha qilingan.