“Andijon polkasi” raqsi rasman Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqida Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Maʼlumot qilinishicha, “Bobur arena” stadionida tashkil etilgan tadbirda rekord sondagi — 20 ming nafar ishtirokchi bir vaqtning oʻzida ushbu raqsni yuksak mahorat bilan ijro etgan.
Mazkur tarixiy namoyish Andijon shahrining 2026-yilda “Turk dunyosining madaniy poytaxti” maqomi doirasida oʻtkazilgan.
Jarayonni bevosita kuzatib borgan Ginnes rekordlari tashkilotining rasmiy vakili tadbir barcha qatʼiy talablarga toʻliq javob berganini tasdiqlagan va jahon rekordini rasman qayd etgan.
“Ushbu yirik yutuq milliy madaniyatimizni xalqaro maydonda targʻib qilish va oʻzbek raqs maktabi nufuzini dunyo miqyosida mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deyiladi hokimlik xabarida.