Xotin-qizlar bandligini taʼminlash uchun alohida moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlar yaratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda aytib oʻtildi.
Andijonda ishlash istagi boʻlgan 3 ming ayol bola parvarishi bilan band. Farzandlarini bogʻchaga joylashtirish ularning mehnat bozoriga qaytishiga sharoit yaratishi taʼkidlandi.
Viloyatda maktabgacha taʼlim qamrovi 86 foizga yetgan. Tadbirkorlar yana 134 ta oilaviy bogʻcha ochishga tayyorligini bildirgan.
Masʼullarga oʻn kun ichida ushbu bogʻchalar boʻyicha tegishli bitimlarni rasmiylashtirish masalasini hal qilish topshirildi.
Umuman, Andijonda ayollarni ish bilan taʼminlash uchun alohida jamgʻarma tashkil etilib, unga 20 million dollar ajratiladi.