Qurilishlarning 69,7 foizi bino va inshootlar qurilishiga toʻgʻri keladi

Bino va inshootlar qurilishi yoʻnalishi — 218,7 trln soʻmni tashkil etadi

2025-yilda Oʻzbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishida eng yuqori – 69,7 foiz ulush bino va inshootlar qurilishi yoʻnalishiga toʻgʻri kelgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha qurilish ishlari hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • bino va inshootlar qurilishi yoʻnalishi — 218,7 trln soʻm;
  • fuqarolik obyektlari qurilishi yoʻnalishi — 64,9 trln soʻm;
  • ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yoʻnalishi – 30,2 trln soʻm.