Toshkent shahrida fuqaroning 4 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, keyinchalik o‘rniga soxta AQSH dollari qaytargan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.T. (muqaddam sudlangan) tanishi M.X.ning ishonchiga kirib, unga 4 tonna pomidor yetkazib berishi evaziga 4 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi va keyinchalik ushbu pullarni qaytarmaslik maqsadida 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 4 000 AQSH dollarini berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.