oriy yilda Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa va Shovot tumanlarida chegarani qoʻriqlash vzvodi harbiylari uchun 40 xonadonga ega yangi xizmat uylari va 20 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida Xiva tumanidagi chegarani qoʻriqlash vzvodi harbiylari ham yangi xizmat uylariga ega boʻldilar.
"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar berishicha, yangi turar joyning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlarda harbiy-maʼmuriy sektor vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari ishtirok etdilar. Yangi binolar energiyatejamkor konstruksiyalardan foydalangan holda, zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan boʻlib, barcha qulayliklarga ega.
Shuningdek, bayram arafasida Urganch shahridagi al-Xorazmiy shaharchasida barpo etilgan koʻp qavatli uy harbiy xizmatchilarga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida taqdim etildi.