Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17–18–19-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17–18–19-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruhsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelish so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:30

2-smena: 13:00 – 14:30

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

Belgilangan vaqtdan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.