Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Gvido De Sanktisdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda TIV rahbari Telegram kanaliga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Bildirilishicha, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, savdo, investitsiya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shuningdek, amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalarni ragʻbatlantirish muhimligi taʼkidlangan.
“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi Saidov.