2025-yilda Andijon viloyatida ushbu yoʻnalishda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 236 kilometr ichimlik suvi tarmogʻi tortildi, 26 ta suv inshooti barpo etildi va 48 ta yangi suv qudugʻi ishga tushirildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Natijada 8 ming nafar aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi, yana 12 ming nafar isteʼmolchining suv taʼminoti sifati yaxshilandi. Bu haqda “Andijon suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyatida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu islohotlar 2026-yilda yanada keng qamrovli bosqichga chiqadi. Rejalarga muvofiq, ichimlik suvi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi mahallalarni markazlashgan suv taʼminotiga ulash hamda hisobga olish tizimini toʻliq raqamlashtirish ishlari izchil davom ettiriladi.
Shubhasiz, belgilangan chora-tadbirlar aholini toza ichimlik suvi bilan barqaror taʼminlashni mustahkam asosga qoʻyishga xizmat qiladi.