Farg‘ona viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotini O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalari chegara hududidan kesib o‘tuvchi ariqdan olib o‘tayotgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.O. umumiy bahosi 71,9 mln so‘mlik 2 248 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini “Qozi Ahror” MFY hududidagi O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi chegara qismini kesib o‘tuvchi ariqdan O‘zbekiston hududiga olib o‘tgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.