Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tashabbusi bilan neft-gaz tarmog‘i korxonalaridan birida Prezidentning parlament va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan dolzarb vazifalarni tushuntirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, ularni amalga oshirish masalalari atroflicha tushuntirildi.
Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida barcha sohalar qatori neft-gaz tarmog‘ida ham keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoatni mahalliylashtirish va milliy kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan strategik dasturlar muhokama qilindi.
Seminar davomida Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishlarda belgilangan ustuvor vazifalar va ularning 2026-yilda amaliy ijrosini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan yo‘nalishlarning joylarda samarali ijrosini taʼminlashga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.