Poytaxtdagi yana bir koʻchada avtomobil harakati vaqtincha cheklanadi

“Sultoniya” koʻchasiga tutash hududdagi “Shoʻrtepa”, “Shoʻrtepa 1-tor” va “Sultoniya 5-tor” koʻchalarida ham avtoulovlar harakati qisman cheklanadi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Sultoniya” koʻchasida qurilish taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan shu yilning 12-yanvar kuniga qadar vaqtincha avtoulovlar harakati cheklanishini maʼlum qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, “Sultoniya” koʻchasiga tutash hududdagi “Shoʻrtepa”, “Shoʻrtepa 1-tor” va “Sultoniya 5-tor” koʻchalarida ham avtoulovlar harakati qisman cheklanadi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar, oʻz avtoulovlari orqali “Buyuk ipak yoʻli” koʻchasidan harakatlanib kirishlari mumkin boʻladi.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. Tez orada qayta rekonstruksiyadan chiqqan zamonaviy yoʻl tuzilmasida harakatlanish imkoniyati yaratiladi”, — deyiladi boshqarma xabarida.