SHHT xalq diplomatiyasi markazi vakillari va talaba yoshlar Senat faoliyati bilan tanishdi

Senatda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Foto: xs.uz
Foto: xs.uz

Joriy yilning 24-dekabr kuni Oliy Majlis Senatida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Unda senatorlar, Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Oliy Majlis Senatining konstitutsiyaviy vakolatlari, qonunchilik jarayonidagi oʻrni, parlament nazorati va parlament diplomatiyasi, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimida yuqori palataning roli haqida batafsil maʼlumot berildi. Jumladan, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, ularni qonun ijodkorligi jarayonlariga keng jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir doirasida Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining faoliyati, uning asosiy yoʻnalishlari, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilar Senat qoʻmitalarining faoliyati va parlamentning ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.