“Ural Airlines” aviakompaniyasining “Moskva – Qarshi” yoʻnalishidagi U6-2457 reysi orqali turmush oʻrtogʻi va farzandi hamrohligida Qarshi xalqaro aeroportiga yetib kelgan Sarvinoz Boʻriyeva “Uzbekistan Airports” AJ tizimiga kiruvchi aeroportlar xizmatidan joriy yilda foydalangan 15 millioninchi yoʻlovchi sifatida qayd etildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Yubiley raqam sohibi aeroport rahbariyati va keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Unga “Oʻzbekiston aeroportlarining faxriy yoʻlovchisi” sertifikati, sayohat uchun moʻljallangan chamadon, brendli esdalik sovgʻalari hamda Qarshidan Moskvaga bepul aviachipta olish uchun vaucher topshirildi.
