Hududlarni ijtimoiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston aholisi soni bugungi kunda kunda 38 millionga yaqinlashmoqda.

Oliy Majlis Senatida Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi hamkorligida tuzilgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston aholisining 2050-yilgacha bo‘lgan prognozini hisobga olgan holda hududlarni ijtimoiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va shu asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

O‘zbekiston aholisi soni bugungi kunda kunda 38 millionga yaqinlashmoqda. 2030-yilga kelib 41 millionga, 2050-yilga borib esa 50 milliondan ortishi kutilmoqda.

BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan vazirlik va idoralar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda aynan qaysi yo‘nalishlarga eʼtibor qaratish zarurligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yig‘ilishda senatorlar, vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan respublikaning ayrim hududlari misolida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini belgilab olish va shu asosida o‘rganish o‘tkazish taklifi bildirildi. Ayniqsa, ijtimoiy sohalarda aholining taʼlim, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar dolzarbligiga eʼtibor qaratildi.