Respublika Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Foto: xs.uz

Seminar tumandagi “Farmonbobo Neʼmati” fermer xoʻjaligi dalalarida tashkil etilib, unda suv tejovchi irrigatsiya uskunalarining afzalliklari, kanal va ariqlarni betonlashtirish boʻyicha yangi xorijiy texnologiyalar, innovatsion geosintetik sement-kompozitsion qoplamalar, qishloq xoʻjaligi yerlariga quyosh panellari orqali suv yetkazib berish (Kavsar) texnologiyasi boʻyicha, suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha tajribalar, ilgʻor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari hamda davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar haqida masʼullar tomonidan maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar fermer xoʻjaligida joriy etilgan zamonaviy sugʻorish tizimlari bilan tanishib, oʻzaro tajriba almashdilar.