Oʻzbekistonliklar chinni eksportidan qariyb 246 ming dollar ishlab oldi

15 ta xorijiy davlatga qiymati 245,9 ming AQSH dollarlik chinni eksport qilingan

Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida 15 ta xorijiy davlatga qiymati 245,9 ming AQSH dollarlik chinni eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mazkur davrda Oʻzbekiston eng koʻp chinni yetkazib bergan davlatlar roʻyxatida Qozogʻiston 102 ming dollar koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

Undan keyingi oʻrinlarda Afgʻonistonga 60,8 ming dollarlik, Germaniyaga 39 ming dollarlik, Ukrainaga esa 15,9 ming dollar qiymatiga teng chinni eksport qilingan.

Shuningdek, Xitoyga 14,4 ming dollarga teng hamda boshqa davlatlarga 13,9 ming dollar qiymatidagi chinni buyumlari yetkazib berilgan.