Oʻzbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni toʻgʻrisida maʼlumot berildi

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga oshgan.

2025-yilning 1-dekabr holatiga Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 ming 900 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga oshgan.

Oʻzbekistondagi chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Xitoy — 4 ming 873 ta;
  • Rossiya — 3 ming 209 ta;
  • Turkiya — 2 ming 109 ta;
  • Qozogʻiston — 1 ming 199 ta;
  • Janubiy Koreya — 691 ta;
  • Afgʻoniston — 637 ta;
  • BAA — 404 ta;
  • Tojikiston — 386 ta;
  • Hindiston — 364 ta;
  • AQSH — 353 ta.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mavjud korxonalarning 4 ming 228 tasi qoʻshma va 13 ming 672 tasi xorijiy korxonalardir.