Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs aniqlandi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 7-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX katta inspektori tomonidan Bektemir tumani TXAY koʻchasida “BYD” rusumli avtomashina hujjatlarini tekshirish maqsadida toʻxtatilgan.
Mazkur transport vositasining yoʻlovchisi 36 yoshli A.Y. oʻzini tutishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uygʻotgan. Yoʻlovchining maʼlumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganida, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvdaligi aniqlangan.
Shundan soʻng u oʻrnatilgan tartibda Bektemir tuman IIO FMB xodimlariga topshirilgan.