Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Yangi lavozimda u 2023-yil avgustidan buyon ishlab kelayotgan Bekzod Ismatov oʻrnini egalladi.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Mavlonberdiyev Otabek Turabekovich viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Otabek Mavlonberdiyev mazkur tayinlovga qadar Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Yangi lavozimda u 2023-yil avgustidan buyon ishlab kelayotgan Bekzod Ismatov oʻrnini egalladi.