Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda TDAU axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Mazkur kelishuv doirasida kelgusida bioaktiv moddalarga asoslangan tibbiy va agrobiologik preparatlar yaratish, sogʻlom ovqatlanish, funksional va parhez mahsulotlar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar, biomedic algoritmlar va sunʼiy intellektga asoslangan diagnostika tizimlarini ishlab chiqish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, ikki taʼlim muassasasi oʻrtasida startaplar, texnoparklar va transfer markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ilmiy laboratoriyalar, klinik bazalar, tajriba maydonlari va oʻquv markazlaridan oʻzaro foydalanish, genomika, molekulyar biologiya, biokimyo va yuqori texnologik uskunalardan foydalanishda koʻmaklashish, qoʻshma laboratoriyalar tashkil etish kabi yoʻnalishlarda tashabbuslar amalga oshiriladi.