Oʻzbekistonda dollar kursi biroz tushdi

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 1-dekabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,38 soʻmga tushdi va 11 895,57 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 11,73 soʻmga yuqorilab, 13 826,22 soʻm etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,3 soʻmga koʻtarilib, 152,98 soʻmni tashkil etdi.