2025-yil yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonning importi hajmi 37,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur davrda Oʻzbekiston 177 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.
2025-yilning 10 oyida Oʻzbekiston importidagi TOP-10 davlatlar quyidagicha koʻrinish olgan (AQSH dollarida):
- Xitoy – 11,5 mlrd;
- Rossiya – 7 mlrd;
- Qozogʻiston – 2,7 mlrd;
- Turkiya – 1,5 mlrd;
- Koreya Respublikasi – 1,4 mlrd;
- Germaniya – 953,9 mln;
- Hindiston – 941,7 mln;
- Turkmaniston – 753,2 mln;
- Belarus – 632,5 mln;
- AQSH – 614,4 mln;
- Boshqa davlatlar – 9,6 mlrd.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga oʻsgan.