2025–2026-yillar isitish mavsumida mamlakatning barcha hududlarida ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1 million soʻm miqdoridagi bir martalik moddiy yordam ajratish belgilab qoʻyilgan.
"Xalq so‘zi" nashri veb saytinign xabar berishicha, Fargʻona viloyatida bu maqsadda 118 ming 654 ta ehtiyojmand oilaga jami 118 mlrd 654 mln soʻm miqdorida bir martalik yordam toʻlab berish rejalashtirilgan.
— Hozirga qadar 8 mingdan ortiq oilalarga ushbu yordam puli toʻliq yetkazib berildi, — deydi Fargʻona shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Lolaxon Qodirova. — Jumladan, “Ijtimoiy himoya” yagona reyestridagi 4 513 ta va “Kambagʻal oila” reyestriga kiritilgan 1 130 ta oila ushbu koʻmakdan bahramand boʻldi.
Bundan tashqari, yaqinda “Kambagʻal oila” reyestridan chiqarilgan “yashil” toifadagi 319 ta hamda “mahalla yettiligi” tomonidan yuritilgan roʻyxat asosida 2 194 ta oilaga ham bir martalik moddiy yordam tarqatildi.