Samarqandda aholining transportga boʻlgan ehtiyojini qondirish, jamoat transporti yetmagan hududlarni qamrab olish maqsadida yana 10 ta yangi avtobus sotib olindi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Ushbu avtobuslar Xitoyning yetakchi zavodlarida ishlab chiqarilgan boʻlib, 70 nafar yoʻlovchi sigʻimiga ega va toʻliq zamonaviy standartlar asosida jihozlangan.
Yangi avtobuslarning yoʻnalishlarga chiqarilishi natijasida korxona tomonidan qoʻshimcha 20 ta ish oʻrni yaratildi.
Yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilash orqali yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatish ishlari davom etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar shahar avtobus parki yana qoʻshimcha transportlar bilan toʻldirilishi rejalashtirilgan.