Timur Kapadze Indoneziya termasiga bosh murabbiy boʻlishi mumkin

Indoneziya terma jamoasi ayni vaqtda FIFA reytingining 122-oʻrini egallab turibdi

Oʻzbekistonlik mutaxassis Timur Kapadze faoliyatini Indoneziyada davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda Kapadzening Jakartaga borgani bilan bogʻliq rasmlar tarqaldi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.



Oldinroq Timur Tohirovichning oʻzi jurnalistlarning:

“Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishingiz mumkinmi?” — qabilidagi savoliga quyidagicha javob bergandi:

“Indoneziyadan qiziqishlar boʻlayotgani rost. Men ayni vaqtda ishsizman. Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyorman”.

Maʼlumot uchun, Indoneziya terma jamoasi ayni vaqtda FIFA reytingining 122-oʻrini egallab turibdi. Jamoani shu vaqtga qadar niderlandiyalik mutaxassis Patrik Kluyvert boshqarib kelayotgan edi.