Bugun, 5-noyabr kuni tunda Oy Yerga eng yaqin masofaga yaqinlashadi va shu bilan birga toʻlin oy fazasiga toʻgʻri keladi. Bu holatda yerliklar “superoy” deb ataladigan tabiiy goʻzallikni guvohi boʻladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Moskov planetariyi” xabariga koʻra, toʻlin oy fazasi 5-noyabr kuni soat 16:20 da boshlanadi, Oy esa oʻz orbitasidagi eng yaqin nuqta — perigeyga 6-noyabr tongida, soat 01:30 da yetadi. Shu paytda Yer bilan Oy orasidagi masofa 356 832 kilometrni tashkil qiladi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, “superoy” vaqtida Oy odatdagidan kattaroq va yorqinroq koʻrinadi. Navbatdagi shunday astronomik hodisa bir oydan keyin, 5-dekabr kuni kuzatilishi kutilmoqda. Biroq bu safar toʻlin oy va perigey (Oyning Yer atrofidagi orbitasida sayyoraga eng yaqin nuqtasi) orasidagi farq 12 soatdan ortiq boʻladi.