“Oʻzgidromet” dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 25-28-oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-26-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 25-oktyabrda 21-26 daraja boʻladi, 26-28-oktyabrda 17-22 daraja gacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-oktyabrda 8-13 daraja, 26-28-oktyabrda kechasi 6-11 daraja, kunduzi 25-27-oktyabrda 23-28 daraja, 28-oktyabrda 18-23 daraja boʻladi.

ToshkentSirdaryoJizzax va Samarqand viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja, 26-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja, 27-oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-26 daraja, 28-oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-26-oktyabrda 10-15 daraja, 27-28-oktyabrda 8-13 daraja, kunduzi 25-27-oktyabrda 23-28 daraja, 28-oktyabrda 21-26 daraja boʻladi.

AndijonNamangan va Fargʻona viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 25-oktyabrda 23-28 daraja, 26-28-oktyabrda 21-26 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-26-oktyabrda Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. 27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-oktyabrda respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 25-oktyabrda 15-20 daraja boʻladi, 26-28-oktyabrda 8-13 daraja gacha pasayadi.