Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog'iston hududida qarovsiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan hamyurtlarimizning O'zbekistonga qaytishiga ko'maklashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Diplomatlar Qiyin hayotiy vaziyatda bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash markazi va Olmaota shahar ta'lim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda voyaga yetmagan bolalarni o'z vatanlariga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi.
Shuningdek, bolalar yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlari hamrohligida yurtimizga kuzatib qo'yildi.