2025-yilning yanvar—avgust oylarida mamlakatimizda yangi obyektlar qurilishi boʻyicha qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 62 trillion soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Yangi obyektlar qurilishining korxona turlari boʻyicha dinamikasi quyidagicha taqsimlangan(yanvar—avgust):
- yirik korxonalar — 23,5 foiz;
- kichik korxona va mikrofirmalar — 46,1 foiz;
- norasmiy sektor — 30,4 foiz.
Shuningdek, ushbu koʻrsatkichning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 46,1 foizni tashkil etdi.