Oʻzbekiston TIV Qatar diplomatlari YTHda halok boʻlgani yuzasidan hamdardlik bildirdi

Kamida uch nafar diplomat halok boʻlgan edi.

Misrda Qatar delegatsiyasi ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida kamida uch nafar diplomat halok boʻlgan edi. Oʻzbekiston Tashqi ishqi ishlar vazirligi ushbu fojiali hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

«Misr Arab Respublikasining Sharm ash-Shayx shahrida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida Qatar Davlati Amiri Devoni xodimlaridan uch nafari fojiali tarzda halok boʻlgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.

Qatar Davlati Hukumatiga va xalqiga, shuningdek, halok boʻlganlarning oila aʼzolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Shuningdek, ushbu hodisada jarohat olganlarga tezroq sogʻayib ketishlarini tilaymiz», deyiladi vazirlik xabarida.