O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.
"Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida o‘tkazilayotgan uchrashuv kun tartibidan ustuvor sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.
Sammit yakunida tashkilotdagi mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinadi.
Gabala xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli, Gabala tumani ijro hokimiyati rahbari Sabuhi Abdullayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.