Ozarbayjonda MDH davlatlari jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adkham Ikramov ham ishtirok etdi.

Ozarbayjonda MDH davlatlari jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adkham Ikramov ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Farid Goibov delegatsiyalarni qutlab, mamlakatda sport infratuzilmasi rivoji va yirik musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

Majlisda o‘tkazilayotgan musobaqalar, seminar va uchrashuvlar haqida ma’lumot berildi, ishtirokchi davlatlarning hisobotlari tinglandi hamda kelgusi MDH o‘yinlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, III MDH o‘yinlari doirasida ishtirokchilar Haydar Aliyev haykali poyiga gullar qo‘yishdi va Ganjadagi diqqatga sazovor joylarni borib ko'rishdi.