“Navbahor” rahbariyati klub bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi

Sergey Lushan oʻtgan mavsumning 2-davrasida jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan edi

“Navbahor” futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Sergey Ivanovich Lushan bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Eslatib oʻtamiz, Sergey Lushan oʻtgan mavsumning 2-davrasida jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 

Uning boshqaruvida “lochinlar” Superligada 35 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gʻalaba, 9 ta durang, 10 ta magʻlubiyat, Oʻzbekiston kubogi doirasidagi bahslarda esa 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gʻalaba (ikkitasi penaltilar seriyasi boʻyicha), 1 ta durang hamda 2 ta magʻlubiyatni qayd etishdi. 

"Biz Sergey Ivanovichga “Navbahor”dagi faoliyati uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildirgan holda, keyingi faoliyatida omad yor boʻlishini tilaymiz." deyilad klub matbuot xizmati xabarida.